08:25 / 01.02.2017
8166

AQShning 3 shtati bosh prokurorlari Donald Trampga qarshi chiqdi

Foto: AP

Amerikaning uch shtati bosh prokurorlari AQSh prezidenti Donald Trampning immigratsiya farmoniga qarshi murojaatga qo‘shilishdi. Bu haqda Associated Press xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, gap Nyu-York shtati bosh prokurori Erik Shnayderman hamda Massachusets va Vashington shtatlari bosh prokurorlari Mori Xil va Bob Fergyuson haqida bormoqda. 

Ularning fikricha, Tramp farmoni konstitutsiyaga ziddir va noqonuniy hisoblanadi. 

Avvalroq, Amazon kompaniyasi asoschisi Jyeff Bezos, shuningdek, Microsoft va Expedia kompaniyasi farmonga qarshi berilgan sudga murojaatni qo‘llab-quvvatlashgan. 

Mavzuga oid
Top