12:55 / 01.02.2017
7278

"Bu biz qo‘llab-quvvatlamaydigan siyosat": Nike rahbari ham Tramp farmoniga qarshi chiqdi

Nike kompaniyasi rahbari Mark Parker o‘z xodimlariga maktub yo‘lladi. Parker unda prezident Donald Trampning farmoni tufayli AQShga kiritilmayotgan yetti musulmon davlatidan bo‘lgan kishilarni qo‘llab-quvvatlagan, deb xabar berdi Dazed.

«Nike har kim kuch rang-barangligiga ega ekanini ta'kidlovchi dunyoga ishonadi. Siz din talablariga qattiq amal qilasizmi yoki qayerdan bo‘lishingizdan qat'iy nazar, har bir shaxsning o‘z tajribasi – bu bizni yanada kuchliroq qiluvchi vositadir», - deyiladi uning xabarida.

Parker ta'kidlashicha, bu qadriyatlar Trampning yaqindagina chiqarilgan farmoni sabab xavf ostida qolgan.

«Bu biz qo‘llab-quvvatlamaydigan siyosat», - degan kompaniya rahbari o‘z xodimlariga yo‘llagan maktubida.

Uning qo‘shimcha qilishicha, ular «oilamizning har bir a'zosi: bizning hamkasblar, bizning sportchilar va bizning sevgan insonlarimiz» xavfsizligini ta'minlash uchun qo‘llaridan keladigan barcha ishni qilishadi.

Mavzuga oid
Top