19:55 / 01.02.2017
22674

Kiyev: Rossiya kemasi Qora dengiz hududida Ukraina samolyotini o‘qqa tutdi

Rossiya Federatsiyasining Qora dengizda joylashgan floti kemalaridan biri Ukraina Harbiy-dengiz kuchlarining An-26 rusumli transport samolyotini o‘qqa tutgan. Bu haqda Ukraina Mudofaa vazirligi, Ukraina HHK bosh shtabi, shuningdek, Ukraina prezidenti Petro Poroshenkoning matbuot kotibi Svyatoslav Tsegolko bir vaqtda ma'lum qildi.

«Bugun Ukrainaning dengizdagi iqtisodiy hududida mashg‘ulot uchishini amalga oshirayotgan transport samolyoti o‘qqa tutildi. Bu haqda Prezidentga Mudofaa vaziri Stepan Poltorak hisobot berdi», — deya yozgan Tsegolko Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hodisa Odessa yaqinidagi gaz sheleflari hududida ro‘y bergan.

Matbuot kotibi samolyot ekipaji bu hodisa oqibatida jabrlanmaganini ma'lum qilgan.

 

Top