19:14 / 01.02.2017
16514

Qozog‘istonda Gorbachyovning rafiqasiga tegishli noyob limuzin sotilmoqda

Qozog‘istonda ZIL-117 avtomobili sotuvga qo‘yildi. E'lon muallifining aytishicha, ushbu limuzindan Sobiq ittifoqning birinchi va oxirgi prezidenti Mixail Gorbachyovning marhum rafiqasi Raisa Gorbachyova foydalangan. Bu haqda Kolesa.kz nashri xabar bermoqda

Avtomobil zirhli himoyaga ega emas va 1988 yilda ishlab chiqarilgan hamda 3 ming km yo‘l bosib o‘tgan. Limuzin 7,7 litr hajmga ega benzinda ishlovchi dvigatel va avtomatik uzatmalar qutisi bilan jihozlangan. Sotuvchining ta'kidlashicha, avtomobil restavratsiya qilinmagan va barcha zarur hujjatlarga ega.

Mashina narxi 75 mln tangani (joriy kurs bo‘yicha 231 ming dollar) tashkil qilmoqda.

Top