22:34 / 01.02.2017
28021

Ko‘chib o‘tish uchun eng xavfsiz top-11 mamlakatlar ro‘yxati taqdim etildi

InterNations yirik migrantlar tarmog‘i ko‘chib o‘tish uchun eng qulay tadqiqot natijalarini taqdim etdi.

Tadqiqotchilar dunyoning 191 mamlakatida yashovchi 14 000 migrantni so‘roq qilishdi. Ular xorijdagi hayotning 43 jihat bo‘yicha baholashdi: jinoyatchilik, korrupsiya, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanish darajasi va h.k.

Lyuksemburg birinchi o‘rinni egalladi: kichik mamlakat jinoyatchilik bobida dunyodagi eng past ko‘rsatkichlarni qayd etgan. Ikkinchi pog‘onada - Singapur. Tadqiqotchilarning ta'kidlashicha, bu yerda korporativ jinoyatchilik darajasi juda past. 

Migratsiya uchun eng xavfsiz 11 mamlakat ro‘yxati:

1.  Lyuksemburg
2.  Singapur
3.  Yaponiya
4.  Kanada
5.  Malta
6.  Shveytsariya
7.  Norvegiya
8.  Yangi Zelandiya
9.  Finlyandiya
10.  Tayvan
11.  Ummon

Top