09:10 / 01.02.2017
3697

OAV: Oq uy o‘z vakillarini CNN dasturlariga yuborishdan bosh tortdi

Foto: AP

Oq uy rahbariyati o‘z vakillarini CNN telekanali dasturlariga yuborishdan bosh tortmoqda. U shu tariqa Amerikadagi eng yirik telekanalni o‘z efirida AQSh prezidenti Donald Tramp ma'muriyati ovozidan mahrum etayapti, deb yozadi Politico.

«Biz vakillarimizni o‘zimizning dasturimizni ilgari surish qulay bo‘lgan joyga yubormoqdamiz», - deya ma'lum qildi Oq uy amaldorlaridan biri. Shu bilan bir qatorda, uning ta'kidlashicha, CNN telekanali bunday joy emas ekan.

Gazetaning ta'kidlashicha, prezident ma'muriyati vakillari bunga qaramay hali-hamon telekanal muxbirlari savollariga javob berishmoqda.

Avvalroq Donald Tramp CNN telekanalini «yolg‘on xabarlar» tarqatuvchi ommaviy axborot vositasi deb atagandi.

Mavzuga oid
Top