22:47 / 01.02.2017
11038

Turkiya qurolli kuchlarida xizmat qiluvchilar soni ma'lum qilindi

Turkiya qurolli kuchlarida hozirda 362284 kishi, jumladan 201 nafar general va admiral xizmat qiladi, deb ma'lum qilindi Turkiya qurolli kuchlari bosh shtabida. 

Turkiya armiyasining quruqlikdagi qo‘shinlari, harbiy-dengiz va harbiy-havo kuchlarida 25728 nafar katta va kichik zobitlar, 64655 praporshik, 47167 serjant, 16018 oddiy askar xizmat qilar ekan.  

Turkiya qurolli kuchlarining Bosh shtab va mudofaa vazirligida ishlovchi fuqarolik personali va xodimlari bilan umumiy tarkibi 401199 kishidan iborat.

Mavzuga oid
Top