14:35 / 01.02.2017
4806

Turkiya o‘z tanklari modernizatsiyasiga yarim milliard dollar sarflaydi

Anqara Turkiya armiyasi tank parkini modernizatsiya qilish uchun tanlov e'lon qildi. Bu haqda Defense News yozmoqda.

Gap 200ta mashina haqida bormoqda: 40ta Amerikaning M60A3, 120ta M60T (bu avval Isroilda Sabra Mk II loyihasi bo‘yicha modernizatsiya qilingan M60A3) hamda 40ta Germaniyaning Leopard 2A4. Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, ushbu mashinalarni qayta ishlashga mo‘ljallangan shartnoma umumiy qiymati 500 million dollarga teng.

Turkiya qurolli kuchlaridagi manbalarning aytishicha, modernizatsiya dasturi birinchi navbatda zirhlilik darajasini kuchaytirish va tanklarga qarshi qurollardan himoya qilishni yaxshilashni (uning ichida faol himoya komplekslarini o‘rnatish ham bor) qamrab oladi.

Ta'kidlanishicha, tanlov Suriya shimolida og‘ir bronetexnikadan foydalanishning salbiy natijalari tufayli tezlik bilan e'lon qilingan. U yerda Turkiya armiyasi bir necha tanklari jangarilar tomonidan tanklarga qarshi raketa qo‘llanishi tufayli yo‘q qilindi.

Ayni damda Turkiya quruqlikdagi qo‘shinlarida Leopard 2A4 turidagi 330ta tank, 400ta Leopard 1A1 va 1A3 tanklari, taxminan 1,5 mingta turli variantlardagi M60 tanklari va 1,4 ming M48A5 modernizatsiya qilingan tanklari bor.

Top