07:56 / 02.02.2017
5405

Afrika kubogida dastlabki finalchi nomi penaltilar seriyasida aniqlandi

Afrika millatlar kubogining dastlabki yarim final uchrashuvi yakunlandi. Unda Burkino-Faso terma jamoasi Misrga qarshi maydonga tushdi.

Uchrashuvning asosiy vaqtida durang natija qayd etildi. Avvaliga 66-daqiqada Muhammad Saloh misrliklarni oldinga olib chiqqandi, biroq Aristid Banse tomonidan kiritilgan gol hisobni tenglashishiga sabab bo‘ldi. Mazkur hisobda asosiy vaqtda ham, qo‘shimcha 30 daqiqalik ikkita taymda ham o‘zgarmadi. Natijada g‘olib nomi penaltilar seriyasiga ko‘ra aniqlandi. Unda 4:3 hisobida g‘alaba qozongan Misr final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Ikkinchi yarim final uchrashuvi ertaga bo‘lib o‘tadi. Unda Kamerun va Gana terma jamoalari o‘zaro to‘qnash kelishadi.

Afrika millatlar kubogi
1/2 final

Burkina-Faso – Misr 1:1 (0:0, 1:1, 0:0, 0:0), penaltilar seriyasi - 3:4
Gollar:
 Banse (73)– Saloh (66).
Burkina-Faso: Koffi, Dayo, Kulibali, Yago, Kone, Ture, Kabore, Nakulma, Banse (Traore, 103), Traore, Traore (Diavara, 80).
Misr: Al-Hadariy, Gabir, Xegazi, Fatxi, Qahrabo (Uarda, 74), Saloh, As-Said, Xamid, Trezege (Subhi, 85), Saloh, Al-Muhammadi (Gabir, 107).

Top