08:21 / 02.02.2017
9240

AQSh hukumati grin-karta egalariga mamlakatga kirishga ruxsat berdi

Oq uy AQSh prezidenti Donald Trampning immigratsiya farmoni bo‘yicha yangi yo‘riqnoma chiqardi. Unda grin-karta egalariga AQShga kirish uchun maxsus ruxsat talab qilinmasligi ko‘rsatilgan, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. 

"Ular taqiqlov ostiga tushmaydilar, agar yuridik jihatdan doimiy yashovchilar bo‘lsalar, ularga maxsus ruxsat kerak emas", deyilgan xabarda.

Avvalroq AQSh prezidenti ma'muriyati rahbari Reyns Pribus AQShga islom davlatlari fuqarolarining kirishiga taqiqlov grin-karta egalariga taalluqli bo‘lmasligini aytgandi.

Mavzuga oid
Top