8535.74 USD +17.06

9566 EUR -86.52

132.57 RUB +1.24

10746.5 GBP -101.19

18:31 / 02.02.2017 58232

Alisher Xo‘jayev O‘zMTRK rahbarligidan ketdi

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga (O‘zMTRK) yangi rahbar tayinlandi. O‘zbekiston prezidenti qaroriga binoan Xurshid Mirzohidov Mirsobirovich televideniyening yangi raisi sifatida tayinlangan.

U Alisher Xo‘jayevning o‘rnini egalladi. 

Xurshid Mirzohidov 1971 yili Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma'lumoti oliy. 1995 yilda Toshkent elektrotexnika aloqa institutini tamomlagan. Mutaxassisligi radioaloqa, radioeshittirish va televideniye muhandisi. 2004 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasining oliy biznes maktabini biznesni boshqarish magistri unvoni bilan tamomlagan. 

U 2002-2003 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Aloqa va axborot texnologiyalari kompleksi rahbari kotibiyatining mudiri sifatida ishlagan. 2003-2004 yillarda O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktori o‘rinbosari lavozimini egallagan. 2004 yilning sentabridan dekabriga qadar “O‘zbektelekom” AK Bosh direktori o‘rinbosari, 2004 yildan 2006 yilga qadar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri, 2006 yildan 2009 yilgacha “O‘zprommashimpeks” davlat aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi sifatida faoliyat ko‘rsatgan. 2009-2010 yillarda O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan.

Mirzohidov 2010 yil noyabrdan 2012 yil fevral oyiga qadar O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari, 2012 yil fevraldan oktabr oyiga qadar O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktori lavozimlarida ishlagan. 2012 yil oktabr oyidan 2015 yil fevralga qadar O‘zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi raisi, 2015 yil fevral oyidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri. Xurshid Mirzohidov oilali, ikki o‘g‘il va bir qizning otasi.

Alisher Xo‘jayev 1963 yili Toshkent viloyatida tavallud topgan bo‘lib, 1985 yili Samarqand davlat universitetini fizika o‘qituvchisi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. U qariyb 12 yil O‘zMTRKga raislik qildi.

Xo‘jayev 1985—1993 yillarda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi tizimidagi ilmiy-tekshirish institutlari, ishlab chiqarish birlashmalarida faoliyat olib borgan. 1993—1996 yillarda NKK firmasida tizim muhandisi bo‘lib ishlagan. Alisher Xo‘jayev 1996 yildan rahbarlik lavozimlarida faoliyat olib borgan. Jumladan, 1998 yilga qadar «KomUzAziya» kompaniyasida, 1998—2001 yillarda esa UzPAK kompaniyasida bosh direktor lavozimida mehnat qilgan. 2001—2002 yillarda O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosari, 2002—2005 yillarda O‘zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi (hozirgi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi)ning rahbari o‘rinbosari sifatida faoliyat ko‘rsatgan.

Alisher Xo‘jayev 2005 yilning 15 aprel kuni O‘zbekiston Teleradiokompaniyasi raisi etib tayinlangan edi. U 11 yil 9 oy davomida O‘zMTRKga rahbarlik qildi.

Top