08:09 / 02.02.2017
4938

Buyuk Britaniya parlamenti Brexit bo‘yicha qonun loyihasini qabul qildi

Britaniya parlamentining umumpalatasida Buyuk Britaniyaning YeI tarkibidan chiqishiga qaratilgan Brexit jarayonini boshlashga ruxsat beruvchi qonun loyihasi qabul qilindi. U qizg‘in munozaralardan so‘ng, ikkinchi o‘qishda ma'qullangan, deb xabar qiladi BBC. 

Mazkur qonunni qabul qilish uchun 498 nafar parlamentariy ijobiy, 114 nafari salbiy ovoz bergan.

Munozaralar ikki kun davom etgani xabar qilinmoqda. 

Bugun 2 fevralda Britaniya hukumati Brexit bo‘yicha Oq kitobini e'lon qilishi kutilmoqda.

Mavzuga oid
Top