19:23 / 02.02.2017
13311

“Mikrokreditbank”ning imtiyozli kreditlaridan foydalanib, o‘z biznesingizni tashkil eting!

Aziz yurtdoshlar!

Tijorat banklari tomonidan "Aholini tadbirkor qilish" maqsadida taqdim qilinayotgan imtiyozli kreditlar quyidagi yo‘nalishlarga ajratiladi:

– chorvachilik, parrandachilik, asalarichilik, quyonchilik, baliqchilikni yo‘lga qo‘yish uchun;
– qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, bog‘dorchilik va uzumchilik tashkil etish;
– issiqxonalar barpo etish uchun;
– kichik ishlab chiqarish sexlarini ishga tushirish uchun;
– hunarmandchilik va kasanachilikni rivojlantirish uchun;
– maishiy xizmat ko‘rsatish, jumladan, umumiy ovqatlanish, tikuvchilik, poyabzal ta'mirlash, sartaroshxona xizmatini yo‘lga qo‘yish uchun;
– aholiga transport xizmatlari va avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish shoxobchasini tashkil etish uchun;
– kompyuter xizmatlari ko‘rsatishni tashkil etish uchun;
– savdo faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun;
– milliy shirinliklar ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqa faoliyatni amalga oshirish uchun.

Imtiyozli kreditlaridan foydalanib, o‘z biznesingizni tashkil eting!

Batafsil ma'lumotlarni xonadoningizga tashrif buyurayotgan bank xodimlaridan yoki xududingizdagi mikrokreditbank filiallaridan olishingiz mumkin.

“MIKROKREDITBANK” BILAN BIRGA – MAQSAD SARI DADIL QADAM!

Call-center (+99871) 202-99-99                         www.mikrokreditbank.uz

 

Reklama huquqi asosida

Top