18:34 / 02.02.2017
16206

O‘zbekiston shaxmat Federatsiyasiga yangi prezident saylandi

O‘zbekiston shaxmat Federatsiyasining navbatdan tashqari anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda delegatlar federatsiya yangi prezidentini saylashdi. Bu lavozimga O‘zbekiston xalq ta'limi vaziri Ulug‘bek Inoyatov saylangan bo‘lsa, FIDe delegati Husan Turdialiyev birinchi vitse-prezident, Xurshidabonu Holiqova bosh kotib etib saylandi.

Bundan avval prezident lavozimida Alisher Sultonov ishlagandi. Ma'lumki, «O‘zbekneftegaz» Milliy xolding kompaniyasi boshqaruvi raisi biroz vaqt muqaddam O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti etib saylangan edi.

Ma'lumot uchun, O‘zbekiston shaxmat Federatsiyasi 1996 yilning martida tashkil etilgan. Uning oliy organi deb Federatsiya anjumani hisoblanadi. U har to‘rt yildan kam bo‘lmagan muddatda chaqiriladi.

Top