07:55 / 03.02.2017
8935

AQSh Rossiya Federal xavfsizlik xizmatiga nisbatan sanksiyalarni yumshatdi

AP

AQSh moliya vazirligi Rossiya Federal xavfsizlik xizmatiga kiberhujumlarga aloqadorlikda ayblov bilan kiritgan sanksiyalarni yumshatdi.

Vazirlik saytida chop etilgan hujjatda Rossiya FXX tomonidan "axborot texnologiyalari mahsulotlari uchun berilgan litsenziya, sertifikat va ruxsatlarni so‘rash, olish, ulardan foydalanish va haq to‘lashga" ruxsat berildi. Gap qanday texnologiyalar haqida ketayotganiga aniqlik kiritilmagan.   

Shu bilan birga Qrimga istalgan tovar va texnologiyalarni eksport, reeksport va yetkazib berish taqiqlangan.

AQSh moliya vazirligi qarori Rossiya FXXga va uning nomidan harakat qiluvchilarga tovar va texnologiyalarni  eksport, reeksport va taqdim qilishga huquq bermaydi. Bundan tashqari, hisob-kitoblarda avval prezident farmonlari bilan AQShda to‘silgan hisob raqamlardan foydalanish taqiqlanadi.     

Keyinroq Oq uy rasmiy vakili Shon Spayser AQSh moliya vazirligi Rossiya FXXga nisbatan sanksiyalarni yumshatmaganini ma'lum qilgan.  

"Biz sanksiyalarni yumshatmaymiz. Bilishimcha, bu moliya vazirligining odatdagi amaliyoti", deb aytgan Spayser.

Uning aytishicha, moliya vazirligi vakillari shunchaki sanksiyalar qanday amal qilishi bo‘yicha "oydinlik kiritishgan".

Top