08:25 / 03.02.2017
4868

BMT: Damashqdagi suv ta'minoti 60 foizga tiklandi

Suriya poytaxtiga Vodi-Barada vodiysida joylashgan asosiy chashmadan suv yetkazib berish 60 foizga tiklandi. Bu haqda jurnalistlarga BMT bosh kotibi rasmiy vakili Stefan Dyujarrik xabar berdi. U shuningdek jangarilar qo‘poruvchilik harakati natijasida zarar ko‘rgan buloq va suv quruvlardagi ta'mirlash ishlari haqida to‘xtalib o‘tdi.

"Damashqqa Vodi-Baradadagi buloqdan suv yetkazib berish aholi iste'mol talabining 60 foiziga tiklandi. Bu bir qancha ta'mirlash ishlaridan so‘ng ro‘y berdi", - dedi Dyujarrik. Uning eslatishicha, Damashq va uning atrofidagi taxminan 5,5 million aholi o‘tgan yil dekabr oyidan buyon toza suv ta'minotidan butunlay mahrum bo‘lgan.

Suriya Arab Respublikasi qurolli kuchlari qo‘mondonligi yakshanba kuni Vodi-Barada vodiysi uzra nazorat o‘rnatish bo‘yicha amaliyot ijobiy yakun topganini e'lon qildi. 
"Xavfsizlik va barqarorlik poytaxtdan g‘arbda joylashgan Bsima, Ayn-Xodra, Deyr-Mukrin, Ayn-al- Fiji, Deyr-Kanun, Kfir-Zayt, Al-Husayniya, Kafr-al-Avamid, Burxoliya, Vafra va Suk-Vodida tiklandi", - deyilgan hujjatda. Guvohlarning xabar berishicha, bu yerlarga qochqinlar oilalari qayta boshlagan.

BMT bosh kotibi rasmiy vakili xabar berishicha, butunjahon tashkilotining Vodi-Barada vodiysidagi sheriklari bu tumandan harbiy harakatlar tufayli qochib ketgan taxminan 17,5 ming kishi o‘z uyiga qayta boshlaganini ma'lum qilgan.

Top