19:03 / 03.02.2017
12041

Dubayda qurilish krani avtomobillar ustiga qulab tushdi

Foto: @MysteriousDiner / Twitter

Dubayning Shaikh Zayed Road yo‘liga qurilish krani qulab tushishi oqibatida bir kishi jarohatlandi, uch avtomobil yonib ketdi. Bu haqda mahalliy OAV xabar berdi. Hodisa joyida fuqaro mudofaasi xizmati va politsiya vakillari ishlamoqda. Avtotransport vositalari ikkilamchi trassalarga yo‘naltirilmoqda.

Jarohat olgan inson kasalxonaga yetkazildi. Hodisa Abu-Dabi tomonga ketaverishdagi yo‘lda sodir bo‘lgan.

Ma'lumot uchun, Dubayda juma kuni qattiq shamollar kuzatilmoqda, ularning kuchi ba'zida soatiga 60 kilometrni tashkil etayapti.

Top