09:29 / 03.02.2017
9878

Eron jamoasi Server Jyeparovni boshqa jamoaga ijaraga berdi

Yanvar oyida Eronning «Istiqlol» klubi bilan 1.5 yillik shartnoma imzolagan O‘zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Server Jyeparov faoliyatini Eronning yana bir jamoasida davom ettiradi.

Server Jyeparov mavsumning qolgan qismi uchun Isfaxonning «Sepohon» klubiga ijaraga berilgan. 

FIFA «Istiqlol» klubiga yanvar oyida yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishni taqiqlab qo‘yganidan keyin tehronliklar mavsum yakuniga qadar Jyeparovni boshqa klubga ijaraga berish haqida bosh qotirishayotgan edi. Dastlab, o‘zbekistonlik yarim himoyachi Xuzistonning «Istiqlol»iga o‘tishi haqida aytilgandi. Ammo xuzistonliklar jamoasi bu xabarni tasdiqlamagandi. 

Jyeparov 2016/2017 yilgi mavsum oxirigacha «Sepohon»da o‘ynaydi va keyingi mavsum boshida «Istiqlol»ga qaytadi.

Mavzuga oid
Top