16:48 / 03.02.2017
5499
Luvrga hujum: Politsiya ikki kishini qo‘lga oldi

Parijdagi Luvr muzeyiga noma'lum shaxs pichoq bilan qurollangan holda hujum qilgach, hududdan muzey xodimlari tashrif buyuruvchilar evakuatsiya qilindi.

Fransiya IIV rahbari Bryuno Le Ru vaziyatni "jiddiy" deb atadi.

Mamlakat bosh vaziri Bernar Kaznyov esa bu hujumda terakt alomatlarini ko‘rdi.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, hujum uyushtirgan shaxs diniy hayqiriqlarni aytgan.

Harbiylardan biri unga o‘q uzib, uni jarohatlagan. Uning yonidan portlovchi qurilma topilmagan.

Qayd etilishicha, bu shaxsda ikkida ryukzak bor edi. U 4 nafar harbiyga tashlangan va ulardan ikki nafariga jarohat yetkazgan.

Politsiya ushbu shaxsga yordam bergani gumon qilingan yana bir shaxsni qo‘lga oldi. 

Top