10:40 / 03.02.2017
9097

OAV: Lukashenko Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi va Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotidan chiqishga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Moskva Belarus respublikasi hukumatining “qardosh Ukraina” kabi mustaqil davlat bo‘lishga intilayotganiga tushunish bilan munosabatda bo‘lmoqda. Regnum axborot agentligi manbasi ta'kidlashicha, Moskva Minskning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi, KXShT va ehtimol Rossiya va Belarus Ittifoq davlatidan chiqishga tayyorgarlik yuzasidan shov-shuvli bayonotlar bermaydi.

Shu bilan bir qatorda, Minskdagi mas'uliyatli shaxslar mustaqillik faqat quruq so‘zdan iborat emasligini tushunishlari lozim. Mustaqillik – bu davlatning siyosat va mafkuradan tortib, moliya va iqtisodiyotgacha hayot faoliyati majmuasidir. Agarda Belarus rahbariyati bu yo‘ldan, “iqtisodiy urush” yo‘lidan borishni istasa, davlat rivojlanishining bu strategiyasi hech qanday savollarni keltirib chiqarmaydi.

Savol faqatgina bir narsadan iborat bo‘ladi – Belarus rahbariyatining bu siyosiy liniyasi xalq milliy-davlatchilik manfaatlariga naqadar javob beradi. Regnum agentligi manbasining ta'kidlashicha, Belarus xalqi voqealar rivoji qanday bo‘lishi, markaziy rahbariyat siyosatidan qat'i nazar qardosh bo‘lib qoladi. 

Agarda hukumati o‘zgargan va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi davlatlari bilan ittifoqqa o‘z e'tiborini qaratgan ukrain xalqi aksariyatining milliy-davlatchilik manfaatlarini hisobga olishni istamasa yana o‘zgarishi mumkin bo‘lgan “qardosh Ukraina” tajribasi Minsk rahbariyatidagilarga dars bo‘lmasa, bunday harakatlar respublikani jahon rivojlanishi chetiga uloqtirib tashlashi mumkin. 

Mavzuga oid
Top