19:33 / 03.02.2017
82414

Samarqand shahri hokimi o‘zgardi

3 fevral kuni Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashining navbatdagi o‘n to‘rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyada Samarqand shahrining yangi hokimi tanishtirildi. Kun.uz manbasining ma'lum qilishicha, bugundan e'tiboran Vohid Sanaqulovich Rahimov Samarqand shahri hokimi vazifasiga kirishdi.

U shu kungacha Pastdarg‘om tumani hokimi sifatida faoliyat yuritib kelgan. Vohid Rahimov yangi lavozimda Shukurov Akbar Safarovichni almashtirdi.

Top