Afg‘onistonda 8 nafar politsiyachi bir terrorchi qurboniga aylandi. Bu haqida 3 fevral, juma kuni Tolo News telekanalida xabar berildi.
Manbaga ko‘ra, o‘ldirilgan politsiya xodimlarining barchasi bir oila a'zolari bo‘lgan. "Tolibon" jangarisi shimoli-g‘arbiy Faryab provinsiyasining Gard-Marshkar qishlog‘idagi politsiyachilarni avval zaharlagan, keyin esa uyga kirib, ularga qarata o‘q uzgan.
Telekanal bu voqeaning qachon ro‘y berganiga aniqlik kiritmadi, lekin terrorchi huquq-tartibot organlariga taxminan 15 kun avval taslim bo‘lganini ma'lum qildi.