08:36 / 03.02.2017
10242

Ukraina sharqidagi mojaroda tinch aholi vakillarining 2 mingdan ortig‘i halok bo‘ldi

Ukraina sharqidagi qurolli ixtilof deyarli 10 ming kishining hayotiga zomin bo‘ldi, ulardan 2 mingdan ortig‘i – tinch aholi vakillari. Bu haqda BMT bosh kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Jyeffri Feltman tashkilot Xavfsizlik Kengashi yig‘ilishida ma'lum qildi.

U BMTning Ukrainadagi inson huquqlari bo‘yicha vaziyatni kuzatish missiyasi ma'lumotlarini keltirdi. Ma'lum qilinishicha, Ukraina harbiylari va ularga qarshilik ko‘rsatayotganlar o‘rtasidagi qarama-qarshilikda “qariyb 10 ming kishi” halok bo‘lgan hamda “23 mingdan ko‘proq inson” jarohat olgan. “Tinch aholi vakillari orasida 2 ming ortiq kishi qurbon bo‘lgan”, - deya ta'kidlab o‘tdi Feltman.

Top