01:41 / 03.02.2017
9960

Video: Sanjar Shoahmedov Qatar chempionatidagi ilk golini Sardor Rashidov jamoasiga qarshi o‘yinda urdi

Qatar yulduzlari ligasida 19-turidan o‘rin olgan uchrashuvlardan birida «Al-Jaish» o‘z maydonida «As-Sayliya» klubini qabul qildi.

Ma'lumot uchun, ikkala jamoa safida ham O‘zbekiston terma jamoasiga nomzod bo‘lgan futbolchilar to‘p suradi. «Al-Jaish» tarkibida Sardor Rashidov, «As-Sayliya» tarkibida esa Temurxo‘ja Abduholiqov va Sanjar Shoahmedov to‘p surmoqda. Har uchala futbolchi ham o‘yinni asosiy tarkibda boshladi.

Uchrashuv 1:1 hisobida durang natija bilan nihoyasiga yetdi. E'tiborli tomoni, uchrashuvning  23-daqiqasida Shoahmedov hisobni ochgandi. Bu Sanjarning Qatar chempionatidagi ilk goli bo‘ldi. Mezbonlarning yagona golini Yosir Abubakr kiritdi.

Ushbu durangdan keyin «Al-Jaish» hisobidagi ochklar soni 36taga yetdi va jamoa 4-o‘rinda qoldi. «As-Sayliya» esa o‘z ochkolarini 20taga yetkazib 8-pog‘onaga ko‘tarilib oldi.

Eslatib o‘tamiz, bundan bir necha kun muqaddam Temurxo‘ja Abduholiqov klubdagi debyut golini kiritishga muvaffaq bo‘lgandi.

Qatar Yulduzlar ligasi
19-tur

Al-Jaish - As-Sayliya 1:1 (1:1)
Gollar: Yosir Abubakr (43) - Sanjar Shoahmedov (23).

Mavzuga oid
Top