19:44 / 04.02.2017
84108

Amerikaliklar kimni eng asosiy dushman deb hisoblashi ma'lum bo‘ldi

Amerikaliklar Shimoliy Koreya va Eronni AQShga nisbatan eng dushman kayfiyatdagi mamlakatlar, Kanada va Buyuk Britaniyani ittifoqdosh mamlakatlar sifatida qayd etishdi. Bundan YouGov kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalari darak bermoqda.

Tadqiqot ishtirokchilari AQShning dunyodagi 144 mamlakat bilan munosabati haqida o‘z fikrlarini bildirishdi. Har bir respondent ro‘yxatdan tasodifan tanlab olingan 15 davlatni to‘rt yo‘nalish: "ittifoqchi", "do‘stona", "nodo‘stona" davlat yoki "dushman" deb belgilab chiqishlari lozim bo‘ldi. 

Shimoliy Koreyani so‘rovdan ishtirok etganlarning 57 foizi AQShning bosh dushmani deb atagan bo‘lsa, Tehronning Vashingtonga nisbatan dushmanligini 41 foiz respondentlar e'tirof etishdi.

Rossiya AQShning "dushmanlari" ro‘yxatida oltinchi o‘rinni egalladi. Xitoyni esa "nodo‘stona" deb 34 foiz kishilar tilga oldi.

Kanada va Buyuk Britaniya eng ko‘p ijobiy bahoni oldi: respondentlarning 55 foizi bu davlatlarni AQShning ittifoqchilari deb tan olishdi. 

So‘rovnoma 28 yanvar-1 fevral kuni 7 ming amerikalik o‘rtasida o‘tkazildi. Natijalarda xato chiqish ehtimoli 1,5 foiz punktini tashkil etadi.

Mavzuga oid
Top