08:39 / 04.02.2017
5975

BMT: IShID bilan Halabdagi janglar tufayli 30 ming kishi o‘z uyini tark etgan

IShIDga qarshi operatsiya olib borilayotgan Suriyaning Halab viloyatidan 30 mingga yaqin kishi qochgan, deb ma'lum qildi 3 fevralda BMT bosh kotibining rasmiy vakili Steffan Dyujarrik.

"Biz IShIDga qarshi operatsiya olib borilayotgan Al-Bob shahri va Halab viloyati atrofidagi tinch aholining ahvolidan xavotirdamiz. Baholashlarga ko‘ra, dekabrdan beri Al-Bob atrofidan 30 ming fuqaro qochgan va Halab viloyatining boshqa viloyatlariga yo‘l olgan", deb aytgan Dyujarrik.

Biroq Al-Bobda IShID nazoratida 10 minggacha tinch aholi qolmoqda. Ta'kidlanishicha, terrorchilar shaharni 3 yildan beri ushlab turishibdi.

Dyujarrikning aytishicha, ko‘rsatilgan tumanlarda BMT va gumanitar agentliklar ko‘chib o‘tganlarni qabul qilish va ularga yordam berish markazlarini tashkillashtirishadi.

Avvalroq Suriya armiyasi Halabning shimolida IShID jangarilariga qarshi operatsiya o‘tkazilayotgani va 32 qishloq ozod qilinganini ma'lum qilgan. 

Mavzuga oid
Top