16:55 / 04.02.2017
6353

Erdo‘g‘an: Turkiya xalq irodasini qabul qilganda g‘olib bo‘lgan

Foto: Anadolu

Prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning bayonot berishicha, so‘nggi so‘zni Turkiya xalqi aytgan vaqtda, mamlakat har doim g‘olib bo‘lgan. Aksincha, fuqarolar fikriga e'tibor berilmagan vaqtda, mag‘lubiyatga uchragan. U Mersin shahar shifoxonasining ochilish marosimida shunday fikrni bildirgan. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya Chanaqqal'a jangida juda katta baho to‘lagan. «Biz mustaqillik uchun urush va Turkiya respublikasi tiklanish yillarida yirik qurbonlar berdik. Davlat to‘ntarishlarida ham qurbonlar berdik. Turkiya siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy to‘lqinlar sababli ham katta zarar ko‘rdi», - deya xotirlagan davlat rahbari.

«Vaqti kelib biz anglab yetdikki, Turkiya xalq so‘ziga kirgan vaqtida g‘alaba qozongani, xalq istagini rad etganida mag‘lub bo‘lganini anglab yetdi», - deb ta'kidlagan Erdo‘g‘an. 

Top