10:17 / 04.02.2017
7935

Pentagon rahbari: Eron terrorizmning asosiy homiylaridan biridir

AQSh mudofaa vaziri Jyeyms Mettis Eronni terrorizmning asosiy homiylaridan biri deb atadi. U yaponiyalik hamkasbi Tomomi Inada bilan Tokioda o‘tkazgan muzokaralaridan so‘ng, shunday bayonot berdi. 

"Eronga to‘xtaladigan bo‘lsak, bu davlat jahon terrorizmining homiylaridan biri hisoblanadi. Biz buni Eronga bildirib qo‘yishimiz kerak", - degan Pentagon rahbari. 

Shu bilan birga, Mettisning qo‘shimcha qilishicha, u "Eron muammosi tufayli Amerikaning Yaqin Sharqdagi kuchlarini ko‘paytirishga zarurat ko‘rmayapti".

Eslatib o‘tamiz, 3 fevralda AQSh Eronga nisbatan sanksiyalarni kengaytirgani haqida xabar qilingan edi. Amerika qora ro‘yxatiga 13 kishi va 12 tashkilot kiritildi. Bu cheklovlar Tehron ballistik raketalar ishlab chiqarish dasturiga aloqador shaxslar va tashkilotlar yoki Eron Qurolli kuchlarining elita bo‘linmalari hisoblanuvchi "Islom inqilobi qo‘riqchilari" Korpusi (IIQK)ga qandaydir yordam berayotganlarga nisbatan joriy qilindi. 

Eron hukumati javob choralari ko‘rishini bildirdi. 

Top