19:05 / 04.02.2017
17637

OAV: Fazliddin G‘oibnazarov Bob Arum bilan shartnoma imzolashga yaqin

Foto: olamsport

Fazliddin G‘oibnazarov shu kunlarda murabbiyi Abror Tursunpo‘latov bilan birga dunyo boks markazi xisoblangan AQShning Nevada shtati Las-Vegas shahrida bo‘lib turibdi, deb xabar berdi Olamsport.com nashri.

Xabarda aytilishicha, hamyurtimizga AQShdagi bir nechta promouterlik kompaniyalari tomonidan taklif tushgan. Ayni paytda u taniqli promouter Bob Arum bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi.
 
Fazliddinning nashrga ma'lum qilishicha, tez kunda Arumga tegishli promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzolanadi. 

Ma'lumot uchun, Arum ko‘plab jahon chempionlariga promouterlik qilgan. Ular orasidan filippinlik mashhur bokschi Menni Pakyao ham bor. 

Top