21:22 / 05.02.2017
7865

Abdulaziz Komilov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Kuvaytga tashrif buyurdi

2017 yilning 7-10 fevral kunlari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya rasmiy tashrif bilan Kuvayt davlatida bo‘ladi.

Tashrif dasturidan Kuvayt bosh vazir shayx Jobir al-Muborak al-Hamad as-Saboh, bosh vazirning birinchi o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri shayx Saboh al-Xolid al-Hamad as-Saboh, Milliy majlis raisi Marzuq Ali Muhammad al-G‘anim bilan uchrashuv va muzokaralar o‘tkazish o‘rin olgan.

O‘zbekiston delegatsiyasi O‘zbekiston-Kuvayt biznes-forumi va boshqa qo‘shma tadbirlarda ham ishtirok etadi.

Tashrif davomida investitsiya, ta'lim va ilmiy tadqiqot sohalarida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishga yo‘naltirilgan qator hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.

Top