17:50 / 05.02.2017
7430

Afg‘onistonda «Tolibon»ning 54 jangarisi yo‘q qilindi

Afg‘oniston hukumati qo‘shinlari o‘tkazgan harbiy amaliyot natijasida «Tolibon» harakatining 54 nafar jangarisi o‘ldirildi.

Khaama Press agentligi mamlakat Mudofaa vazirligiga asoslanib xabar berishicha, o‘ldirilgan jangarilar orasida «Tolibon» yetakchilaridan biri ham bo‘lgan.

28 yanvar kuni ham Afg‘onistonda maxsus amaliyot natijasida radikal tashkilot yetakchilaridan biri yo‘q qilingani haqida xabar berilgandi.

Top