00:53 / 05.02.2017
6230

Bundesliga. «Leyptsig» «Bavariya»ga yaqinlashib olish imkoniyatini qo‘ldan chiqardi

Germaniya chempionatining 19-turidan o‘rin olgan markaziy uchrashuv Dortmunddagi «Signal Iduna Park» stadionida bo‘lib o‘tdi.

«Borussiya» o‘z uyida chempionlik uchun da'vogarlik qilayotgan «Leyptsig»ni qabul qildi. Birinchi davrada dortmundliklar raqibiga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ygandi. Bu safar Tomas Tuxel shogirdlari mag‘lubiyat uchun qasos olishga muvaffaq bo‘lishdi. Uchrashuvning 35-daqiqasida Per-Emerik Obameyang Usmon Dembelening o‘ng qanotdan uyushtirgan ajoyib reydini yakuniga yetkazib qo‘ydi. Uchrashuvga hakam tomonidan qo‘shib berilgan 4-daqiqada «Leyptsig» hisobni tenglashtirishi mumkin edi. Biroq Palasios-Martines tomonidan kiritilgan gol ofsayd qayd etilgani bois, inobatga olinmadi va o‘yin 1:0 hisobida durang bilan nihoyasiga yetdi.

Ushbu g‘alabadan keyin «Borussiya» hisobidagi ochkolar soni 34taga yetib, jamoa turnir jadvalida 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi. «Leyptsig» esa 42 ochko bilan 2-pog‘onani egallab turibdi. Endilikda jamoa «Bavariya»dan to‘rt ochko ortda qolmoqda.

Germaniya bundesligasi, 19-tur

Borussiya D – RB Leyptsig 1:0 (1:0)
Gol:
Obameyang (35).
Borussiya D: Byurki, Durm, Bartra, Papastatopulos, Gerreyru (Ginter, 77), Roys, Vaygl, Pishchek, Shmeltser (Passlak, 85), Obameyang, Dembele (Pulishich, 61).
RB Leyptsig: Gulachi, Kompper, Orban, Xalstenberg, Bernardo, Kayzer (Palasios-Martines, 80), Xedira (Upamekano, 66), Ilzanker, Keyta, Poulsen, Zelke (Byork, 73).
Ogohlantirishlar: Bernardo (22), Upamekano (72), Kompper (81), Obameyang (90+1).

Top