00:48 / 05.02.2017
14269

Istanbul aeroporti yaqinida politsiyachilar shubhali mashinaga o‘t ochishdi

4 fevral Istanbuldagi Otaturk nomidagi aeroport yaqinida politsiyachilar shubhali furgon mashinasiga o‘t ochishgan. 

CNN Turk telekanalining xabar berishicha, oq rangdagi furgon ichida 3 kishi bo‘lgan. Politsiyachilar nazorat-o‘tkazish punktida mashina haydovchisiga to‘xtashni buyurishgan, biroq haydovchi bu talabga bo‘ysunmagan.

Politsiyachilar mashinaga yetib olishga harakat qilishgan, biroq shubhali mashina haydovchisi qochishga muvaffaq bo‘lgan. 

Top