12:53 / 05.02.2017
10614

«La-La Lend» myuzikli yana bir mukofotni qo‘lga kiritdi

«La-La Lend» myuzikli rejissyori Demen Shazellga AQSh kinorejissyorlari Gildiyasi (Directors Guild Awards, DGA) mukofoti topshirildi.

Mukofotni topshirish marosimi Los-Anjyelesda 4 fevral kuni bo‘lib o‘tdi.

Qayd etilishicha, Shazell ushbu mukofotga ilk marta nomzod bo‘lgandi.

Ushbu mukofot uchun «Oy shu'lasi» filmi rejissyori Barri Jyenkins, «Dengiz bo‘yidagi Manchester» rejissyori Kennet Lonergan, «Tashrif» rejissyori Deni Vilnyov hamda «Sher» kartinasi rejissyori Gart Devis ham da'vogar bo‘lgandi.

Mavzuga oid
Top