17:15 / 06.02.2017
7549

Xitoy AQShning Eronga nisbatan sanksiyalarini tanqid qildi

Foto: Reuters

Pekin Vashingtonning Eronga nisbatan yangi sanksiyalar kiritish bo‘yicha choralarini tanqid qildi, deb xabar berdi Reuters agentligi.

Xitoy tashqi ishlar vazirligi vakili Lyu Kanning ma'lum qilishicha, Pekin Vashingtonga ro‘yxatga Xitoy kompaniyalari va firmalari kiritilishi tufayli “taqdimnoma jo‘natdi”.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday sanksiyalarda uchinchi tomon manfaati zarar ko‘radi hamda ular ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro ishonch munosabatlarini mustahkamlashda “foydali emas”.

AQSh Tehronning ballistik raketalar yaratish dasturi tufayli sanksiyalar ro‘yxatiga eronlik 25 nafar jismoniy va yuridik shaxsini ham kiritdi.

Xabar qilinishicha, cheklovlar qo‘llanilgan shaxslarning Amerika moliya tizimidan foydalanishi yoki ikkilamchi cheklovlar qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan xorijiy kompaniyalar bilan kelishuvlarga erishishi taqiqlanadi. Yangi sanksiyalar ro‘yxati o‘z ichiga Xitoyning bir necha kompaniyalari va uch nafar fuqarosini qamrab oldi.

Top