09:24 / 06.02.2017
5429

Liga 1: Asabiy kechgan Ron derbisida 2ta gol va 2ta qizil kartochka

Fransiya chempionatining 23-turida «Sent-Eten» «Lion»ni qabul qildi. «Jyeffrua-Gishar» stadionida kechgan uchrashuv mezbonlarning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Ikki golni ham «Sent-Eten» futbolchilari birinch bo‘limda urishdi. Gollar Kevin Monne-Pake va Romen Hamuma hisobiga yozildi. O‘yin oxirida «Lion» to‘qqiz kishi bo‘lib qoldi. Rashid G‘azzolga ikkinchi sariq kartochka ko‘rsatildi, Korentin Tolisso esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka olib, maydondan haydaldi. 

Shu tariqa, «Sent-Eten» ichki chempionatdagi mag‘lubiyatsiz seriyasini 5ta o‘yinga yetkazdi.

«Lion» bu mag‘lubiyatdan keyin 37 ochkosi bilan Fransiya chempionati turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinda, «Sent-Eten» 36 ochko jamg‘argan holda beshinchi o‘ringa joylashdi.

Sent-Eten – Lion 2:0 (2:0)
Gollar: 1:0 – 9 Monne-Pake, 2:0 – 22 Hamuma.
Sent-Eten – Mulen, Malkyui, Teofil-Katrin, Perren, Pogba, Pajo (Selnes, 77), Veretu, Seve, Hamuma (Lemuan, 87), Toft-Soderlund, Monne-Pake (Ru, 75).
Lion –    Antoni Lopesh, Jalle, Mammana, Yanga-Mbiva, Morel, Darder (Ferri, 81), Gonalon, Tolisso, Fekir (G‘azzol , 46), Lyakazett, Depay (Valbuena, 65).
Ogohlantirishlar: Fekir (43), Lyakazett (61), Toft-Soderlund (69), Pajo (75), G‘azzol (86).
Chetlatishlar: G‘azzol (90), Tolisso (90).

Mavzuga oid
Top