18:01 / 06.02.2017
5712

Merkel Germaniya kansleri lavozimiga rasmiy nomzod bo‘ldi

Foto: AFP

Germaniya kansleri Angela Merkel Germaniya hukumati rahbari lavozimiga “Nasroniy-demokratik ittifoq” va “Nasroniy-ijtimoiy ittifoq” partiyalaridan rasmiy nomzod bo‘ldi, deb xabar berdi Reuters agentligi.

Shu tariqa, Merkel Germaniyadagi hukmron koalitsiyadan yagona nomzodga aylandi. Bavariya bosh vaziri NII raisi Xorst Zeyexofer va kansler Merkel bugun saylovoldi qo‘shma strategiyani taqdim etishadi.

Germaniya bundestagiga saylovlar 2017 yilning sentabrida bo‘lib o‘tadi. Shundan so‘ng mamlakatda yangi hukumat shakllantiriladi va Germaniya kansleri tanlanadi.

Avvalroq NDI partiyasi raisi sanaluvchi Angela Merkel kansler lavozimiga saylovlarda hukmron koalitsiyadan umumiy nomzod bo‘lishi xabar qilingandi.

Mavzuga oid
Top