15:33 / 06.02.2017
4236

NATOning navbatdagi majlisi qachon o‘tkazilishi ma'lum bo‘ldi

NATOning navbatdagi majlisi Belgiya poytaxti Bryussel shahrida 2017 yil may oyi oxirida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda alyans bosh kotibi Yyens Stoltenberg va AQSh prezidenti Donald Tramp o‘rtasidagi telefon orqali muzokaralarda so‘z yuritilgan.

Majlisda alyans a'zolari o‘rtasida mablag‘larni taqsimlash, terrorchilik bilan kurash, Ukraina va Rossiyaga nisbatan siyosat masalalari muhokama etiladi.

NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg va AQSh prezidenti Donald Trampning telefon orqali muzokaralari yakshanba, 5 fevral kuni  bo‘lib o‘tdi. Unda siyosatchilar Ukraina sharqidagi vaziyat va mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilish imkoniyatlari, shuningdek, terrorchilikka qarshi kurash hamda NATOning mudofaa bo‘yicha sarf-xarajatlari xususida fikr almashganlar.

Avvalroq Tramp NATOga a'zo davlatlar yetakchilari uchrashuvida ishtirok etishga rozilik bildirgani xabar qilingandi.

Mavzuga oid
Top