20:33 / 06.02.2017
9789

Neymar «Barselona»ning chempionlik poygasida «Real» bilan raqobati xususida fikr bildirdi

«Barselona» hujumchisi Neymar o‘z jamoasi hali mavsum chempionligi uchun kurashdan chiqmaganiga ishonch bildirdi.

«Bilaman, bizga qiyin bo‘ladi, ammo ilojsiz ish yo‘q. O‘tgan mavsumda biz 12 ochkolik farqni yo‘qqa chiqara olgandik.

Oldinda hali yana ko‘plab o‘yinlar bor va bizda imkoniyat bo‘ladi. Biz sovringa tashnamiz va oxiriga qadar kurashamiz.

O‘ylaymanki, Ispaniya ligasi hozirda dunyodagi eng yaxshisi. Ispan klublari keyingi 3 yilda barcha xalqaro sovrinlarga ega chiqmoqda. «Real» va «Barselona» Chempionlar ligasida ketma-ket g‘alaba qildi, «Sevilya» – Yevropa Ligasida», - deya Neymarning so‘zlarini keltirgan AS nashri.

Ayni vaqtda «Barselona» turnir jadvalida «Real»dan bir ochko kam jamg‘arib turibdi, ammo madridliklar jamoasida ikkita zaxira o‘yin mavjud («Valensiya» va «Selta»ga qarshi qoldirilgan o‘yinlar - tahr.).

Top