10:21 / 06.02.2017
7643

Simeone Grizmannga o‘rinbosar topib qo‘ygan

«Atletiko»da «Arsenal» yarim himoyachisi Aleksis Sanchesga qiziqish mavjud.

Mirror xabariga ko‘ra, madridliklar jamoasi bosh murabbiyi Diyego Simeone 28 yoshli chililik bu futbolchi Antuan Grizmanning o‘rnini bosa olishiga ishonch bildirmoqda. Fransiyalik futbolchi katta ehtimol bilan yozgi transferlar vaqtida «Manchester Yunayted» safiga yo‘l oladi. Madridliklar klubi «Arsenal» futbolchisi uchun 60 million funt sterling taklif etmoqchi.

Joriy mavsumda Aleksis Sanches jamoasi safida barcha turnirlar doirasida 31 uchrashuv o‘tkazib, 17 gol urgan va 11 golga hammuallif bo‘lgan.

«Manchester Yunayted» va Grizmann o‘rtasidagi muzokaralar bo‘yicha navbatdagi tafsilotlar ma'lum bo‘ldi

Aleksis Sanches Ispaniya jamoasidan taklif oldi

Top