13:39 / 06.02.2017
13095

Jonni Depp “Karib dengizi qaroqchilari” yangi treylerida paydo bo‘ldi

Hollivudlik aktyor Jonni Depp “Karib dengizi qaroqchilari: O‘liklar ertak so‘ylamaydi” yangi filmining treylerida paydo bo‘ldi. Rolik Amerika milliy futbol ligasi mavsumi final uchrashuvi – Superboul vaqtida ko‘rsatilgan. U, shuningdek, Disney Movie Trailers’ning YouTube’dagi sahifasida ham taqdim etildi.

Depp yana kapitan Jyek Chumchuq timsolida paydo bo‘ladi. U yetakchisi kapitan Salazar (Xaver Bardem) bo‘lgan arvoh-qaroqchilarga qarshi kurashadi. Treylerda voqealar rivoji Jonni Keshning Ain't No Grave qo‘shig‘i sadolari ostida yuz beradi. 

Kartinada, shuningdek, Jyeffri Rash, Orlando Blum, Kaya Skodelario, Stiven Grem, Brenton Tueytslar rol ijro etgan.

Film Amerikada 2017 yilning 26 may kuni keng omma e'tiboriga havola etiladi.

Mavzuga oid
Top