13:52 / 07.02.2017
7638

Begemotcha Fiona ijtimoiy tarmoq yulduziga aylandi

Amerikaning Tsintsinnati shahrida hayvonot bog‘i ishchilari begemotcha Fionaning ilk qadamlarini videotasvirga tushirishdi. U yanvar oyi oxirida dunyoga keldi va ijtimoiy tarmoq yulduziga aylanishga ulgurdi. 

Hayvonot bog‘ining rasmiy akkauntida ta'kidlanishicha, Fiona muddatidan olti hafta avval tug‘ilgan, shu bois u alohida parvarishga muhtoj. Veterinarlar unga kunu tun g‘amxo‘rlik qilishmoqda. 

Fionaning ahvoli asta-sekinlik bilan yaxshilanmoqda, u ko‘proq oziqlanib, vazn to‘play boshladi. 

Tsintsinnati hayvonot bog‘i akkaunti folloverlari uning muvaffaqiyatlarini faol kuzatib borishmoqda. 

Top