08:58 / 07.02.2017
13816

BMT bosh kotibi IShID harakatlar taktikasini o‘zgartirganidan ogohlantirdi

BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishning bayonot berishicha, so‘nggi vaqtlarda IShID terrorchilik guruhiga qarshi kurash ijobiy samara bera boshlagan. Ammo, uning teraktlar sodir etish ehtimoli yuqori bo‘lib qolmoqda, deb xabar qilmoqda «Interfaks» agentligi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, IShID jangarilari o‘zlarining terrorchilik faoliyatini ziddiyatli hududlardan tashqariga olib chiqishga faolroq urinmoqda. Guterrishning qayd etishicha, IShID jangarilari o‘z maqsadlarini amalga oshirishda boshqa mamlakatlardagi gumashtalaridan foydalanmoqda. Shu boisdan ham aeroportlar va samolyotlarda qo‘poruvchiliklar sodir etish xavfi yuqoriligicha qolmoqda. 

Bundan tashqari, bosh kotibga ko‘ra, terrorchilar o‘z tarafdorlari bilan aloqada bo‘lish maqsadida messenjer ilovalar va qora saytlardan foydalanmoqda. 

BMT ma'lumotlariga ko‘ra, IShID terrorchilari moliyaviy manbalarining 80 foizini neft va gazni sotish, zo‘ravonlik va talonchilik vositasida topadi. 

Top