15:58 / 07.02.2017
11377

Chikagoda tutqinlikda yashagan eng qari baliq o‘ldi

AQShning Chikago shahridagi Shedda akvariumida tutqinlikda yashagan dunyodagi eng qari baliq - avstraliya baramundisi o‘ldi. Jonivor so‘nggi paytda ovqatdan bosh tortib, unda turli xastaliklar yuzaga kelgan. Natijada baliqni o‘ldirish haqida qaror qabul qilindi.

Baramundining uzunligi 1,2 metr bo‘lib, vazni – 11,3 kilogrammga teng bo‘lgan. U Chikagoga Sidney akvariumidan 1933 yilda olib kelingan. O‘tgan vaqt davomida baliqni ko‘rish uchun 104 million kishi kelgan. Baramundi 90 yoshdan oshgandi.

Top