09:30 / 07.02.2017
12715

«Real» yulduzli darvozabon sotib olmoqchi. Ularda 3 variant bor

«Tottenhem» jamoasi darvozaboni Ugo Loris «Real» qiziqishlari doirasiga tushgan.

The Telegraph nashri xabariga ko‘ra, madridliklar klubi ushbu 30 yoshli fransiyalik darvozabonni shu yil yozida qo‘lga kiritmoqchi.

Xabarda aytilishicha, «Real» transferlarga qo‘yilgan taqiqdan keyin tarkibni yulduzli darvozabon bilan to‘ldirmoqchi. Jamoa nishonidagi yana bir yulduzli darvozabon «Chelsi» a'zosi Tibo Kurtua bo‘lib turibdi.

«Tottenhem» va Loris «Real»dan taklif olgani haqida biron ma'lumot yo‘q, ammo ispanlar jamoasi bu variantni «Chelsi»dan Kurtuani olishdan ko‘ra osonroq hisoblamoqda.

Agar belgiyalik futbolchining transferi amalga oshmasa, «Real» Loris nomzodiga yuzlanadi.

Yana bir variant esa «Manchester Yunayted»dan David de Xeani olish hisoblanadi.

Ma'lumot uchun, o‘tgan yilning dekabrida «Tottenhem» Loris bilan shartnomani 2022 yilgacha uzaytirgandi.

Mavzuga oid
Top