15:08 / 07.02.2017
5881

Tojikistonda Dushanbe elektr tarmog‘idagi o‘g‘irliklarga chek qo‘yish talab qilindi

Tojikiston bosh vaziri o‘rinbosari Azim Ibrohim poytaxt energetiklaridan aholiga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ishni o‘zgartirish va energiya tarmoqlardagi yo‘qotishlarni kamaytirishni talab qildi. 

Tojikiston bosh vaziri o‘rinbosari Dushanbe shahri energetika tarmoqlari rahbariyati va mutaxassislari bilan yig‘ilish o‘tkazgan, deb xabar berdi «AP» mamlakat hukumatiga asosan.

Ibrohimning ta'kidlashicha, Tojikiston poytaxti qishki mavsumda har kuni mamlakatda ishlab chiqarilayotgan elektr quvvatining 25 foizidan ortiqrog‘ini iste'mol qiladi. «Elektr uzatish liniyalaridagi ko‘plab avariyalar, shaharliklarning tinimsiz shikoyatlari poytaxt energetiklari qishga tayyorgarlik ko‘rmaganidan dalolat beradi», - deya ma'lum qilgan bosh vazir o‘rinbosari yig‘ilishda.

U, shuningdek, shahar energetika tarmoqlaridagi katta texnik yo‘qotishlarga alohida to‘xtalgan. Bosh vazir o‘rinbosari so‘zlariga ko‘ra, bu asosan elektr quvvatidagi o‘g‘irliklar sabab yuz beradi. Azim Ibrohim Dushanbe elektr tarmoqlari rahbariyatidan yaqin orada bunday yo‘qotishlar hajmini 13 foizga qisqartirishni talab qildi.

Top