10:12 / 08.02.2017
3970

Yaman AQShdan mamlakatda maxsus amaliyotlar o‘tkazishga berilgan ruxsatnomani qaytarib oldi

Foto: Flickr

Yaman hukumati AQShdan mamlakat hududida yer usti maxsus amaliyotlarini o‘tkazishga berilgan ruxsatnomani qaytarib oldi. Amaliyotlar terrorchilik guruhlariga qarshi qaratilgandi, deb xabar berdi New York Times gazetasi amerikalik amaldorlarga asosan.

Nashr ma'lumotiga ko‘ra, bunday qaror Tramp 20 yanvar kuni prezidentlik lavozimiga kirishgach, amerikalik harbiylar tomonidan Yamanda o‘tkazilgan ilk keng qamrovli amaliyotdan so‘ng qabul qilingan. Buning oqibatida ko‘plab tinch aholi vakillari halok bo‘ldi.

New York Times’ning yozishicha, Yaman hukumatining qarori Pentagon Yaman hududida terrorchilikka qarshi qaratilgan amaliyotlarni o‘tkazishda Trampdan mustaqil ravishda harakat qilishga ruxsat so‘rash masalasini so‘roq ostiga oladi.

Amerikalik amaldorlarning so‘zlariga ko‘ra, Yaman hukumati taqiqiga uchuvchisiz uchar qurilmalar tomonidan uyushtiriladigan hujumlar, shuningdek, Yaman va BAA kuchlariga razvedka ko‘magini berayotgan amerikalik harbiy maslahatchilar tushmaydi.

Avval xabar qilinganidek, Yamanda “Al-Qoida” bilan aloqador bo‘lgan jangarilarga qarshi amaliyot chog‘ida bir amerikalik harbiy xizmatchi halok bo‘ldi, yana uch kishi jarohat oldi. Pentagon amaliyot davomida 14 jangari yo‘q qilinganini ma'lum qildi. “Frans Press” agentligining yamanlik mansabdorga asosan xabar qilishicha, AQShning “Al-Qoida”ga qarshi uchuvchisiz uchar qurilmalar va vertolyotlar yordamida Al-Baydo viloyatidagi amaliyoti chog‘ida tinch aholi vakillaridan 16 nafari halok bo‘lgan hamda 41 jangari yo‘q qilingan.

 

Top