14:45 / 08.02.2017
22687

Kimoshdi savdosida "1" avtomobil raqamini sotib olgan kishi sud oldida javob bermoqda

Foto: Gulf News

Abu-Zabi sudi seshanba kuni kimoshdi savdosida "1" raqamini sotib olgan kishini soxta chek berishda aybladi. Bu haqida GulfNews nashri xabar berdi. 

Ayblanuvchi soxta chek berganini tan oldi. 

"Men o‘tgan yilning noyabr oyida Abu-Zabi politsiyasining bosh shtabi va Amirlik tomonidan tashkil etilgan kimoshdi savdosida qatnashdim hamda "1" raqami xaridi uchun yetarli mablag‘im yo‘qligini bilgan holatda soxta chek bilan hisoblashdim", - dedi u so‘roq paytida. 

"Men "1" avtomobil raqamini katta pulga - 31 million dirhamdan ortiqroqqa sotib, keyin hisoblashmoqchi bo‘ldim", - deya qo‘shimcha qildi u. 

 

Mavzuga oid
Top