09:48 / 08.02.2017
17579

Shavkat Mirziyoyev Afg‘oniston va Pokistonga hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Afg‘oniston prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani va butun afg‘on xalqiga Afg‘onistonning sharqiy va shimoli-sharqiy viloyatlarida yuz bergan kuchli qor ko‘chkilari oqibatida ko‘plab insonlarning nobud bo‘lgani, jarohat olgani va boshpanasidan ayrilgani munosabati bilan chuqur ta'ziya izhor etdi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

«Davlatimiz rahbari o‘z maktubida qurbon bo‘lganlarning oila a'zolari va yaqinlariga hamdardlik va dalda so‘zlarini yetkazib qo‘yishni so‘radi», — deyiladi TIV axborotida.

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev Pokiston prezidenti Mamnun Husaynga mamlakatda sodir bo‘lgan qor ko‘chkilari tufayli insonlarning qurbon bo‘lgani va jarohat olgani munosabati bilan chuqur ta'ziya izhor etilgan maktub yo‘llagan.

«Davlatimiz rahbari tabiiy ofat natijasida halok bo‘lganlarning oila a'zolari va yaqinlariga hamdardlik so‘zlarini yetkazib qo‘yishni so‘radi», — deyiladi TIV axborotida.

Top