12:05 / 08.02.2017
16808

Ronalduning mashhur marokashlik do‘sti tajovuzkorlikda ayblanib qamaladigan bo‘ldi

Haaga sudi marokashlik mashhur kikbokschi, «Real» hujumchisi Krishtianu Ronalduning yaqin do‘sti Badr Hariy ustidan hukm chiqardi.

AS manbasining xabariga ko‘ra, ushbu sportchiga 2 yillik qamoq hukmi o‘qilgan.

Aniqlik kiritilishicha, u faqat 6 oyni qamoqda o‘tkazadi, qolgan muddat shartli ravishda belgilangan.

Badr Hariy 2012 yildan buyon tajovuzkorlikda gumonlanib, tergov ostida edi. U o‘sha yili Amsterdam shahrida tadbirkor Koen Everink bilan janjallashib qolib, uni kaltaklagan, shuningdek, guvohlardan biriga gultuvak otgandi.

Hariyning advokati sud qarorini «tushunarsiz va adolatsiz» deya baholagan.

Top